Bankning karyera sahifasidan sizni qiziqtirgan vakansiyani tanlang va “Batafsil” tugmasini bosing. Vazifalar, talablar, ish joyi va shartlar bilan tanishing. Vakansiya sizga mos bo‘lsa, “Ariza topshirish” tugmasini bosing.
Tezkor ariza shaklida avval email manzilingizni kiriting va tekshiruvdan o‘ting. Birinchi marta ariza topshirayotgan bo‘lsangiz, nomzod ma’lumotlarini to‘ldiring va zarur bo‘lsa rezyumeni ilova qiling. Profil allaqachon mavjud bo‘lsa, tizim uni email orqali aniqlaydi va yangi arizani mavjud nomzod profiliga qo‘shadi.
Ariza yuborilgach, ma’lumotlaringiz Bank rekruterlariga taqdim etiladi. Ariza holatini nomzodning shaxsiy kabinetida kuzatish mumkin.