NBU stajirovka va amaliyot dasturi

Karyera sari ilk qadam

Mamlakatning yirik banklaridan birida amaliy tajriba orttiring, haqiqiy vazifalar, kuchli jamoa hamda talabalar va bitiruvchilar uchun karyera imkoniyatlari bilan tanishing.

Vakansiyalarni ko‘rish →

Stajirovka haqida bilib oling

Stajyorlarni nimalar kutmoqda

Amaliy vazifalar

Shunchaki nazariya emas, balki bo‘linma ishida ishtirok etish va bank jarayonlari bilan tanishish.

Mentor ko‘magi

Har bir ishtirokchiga moslashish va ishonch bilan rivojlanishga yordam beradigan mentor biriktiriladi.

Reja va tuzilma

Aniq vazifalar, kutilayotgan natija hamda amaliyot yoki stajirovkani o‘tashning qulay formati.

Rivojlanish istiqboli

O‘zini namoyon etish, tajriba orttirish va istiqbolli nomzod sifatida e’tirof etilish imkoniyati.

Bu sahifa kimlar uchun

Karyerangizda ishonchli ilk qadamni qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, bu yerda nimadan boshlash, dasturga qanday kirish va NBU qanday imkoniyatlar taqdim etishi haqidagi asosiy ma’lumotlar jamlangan.

Talabalar uchun

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv, ishlab chiqarish va bitiruvoldi amaliyoti, bankning haqiqiy ish muhitida bevosita ishtirok etish imkoniyati bilan.

Bitiruvchilar uchun

Mamlakatning eng yirik jamoalaridan birida tajriba orttirish va o‘z salohiyatini namoyon etishni istaganlar uchun stajirovka va ilk karyera imkoniyati.

Yosh mutaxassislar uchun

Tezroq kasbiy rivojlanishga yordam beradigan ilk amaliy tajriba, jamoaviy ish va haqiqiy vazifalarda ishtirok etish.

IT / Digital

Ma’lumotlar, mahsulotlar va raqamli yechimlarga qiziqadiganlar uchun bankning texnologik va tahliliy jamoalarida amaliyot va stajirovka.

Ishtirok etish shakllari

Ilk amaliyotdan karyera istiqboliga ega stajirovkagacha, ayni paytda sizga mos shaklni tanlang.

NBUdagi o‘quv amaliyoti
Talabalar uchun

O‘quv amaliyoti

Bank bo‘linmalari, ichki jarayonlar va ta’lim yo‘nalishiga oid asosiy vazifalar bilan tanishish.

NBUdagi ishlab chiqarish va bitiruvoldi amaliyoti
OTM dasturi bo‘yicha

Ishlab chiqarish / bitiruvoldi amaliyoti

Ta’lim dasturi doirasida qabul qiluvchi bo‘linma va mentor ishtirokidagi amaliyot.

NBUdagi stajirovka
Bitiruvchilar uchun

Stajirovka

Yuqori kurs talabalari va bitiruvchilar uchun shakl. Stajirovka muddati 15 kundan 3 oygacha.

NBUdagi stajirovkaning texnologik yo‘nalishlari
IT / Digital

Texnologik yo‘nalishlar

Raqamli mahsulotlar, tahlil, avtomatlashtirish va ma’lumotlarga qiziqadiganlar uchun amaliyot va stajirovka.

Stajirovkaga saralash bosqichlari

Ariza topshirishdan jamoaga qo‘shilishgacha bo‘lgan qisqa, tushunarli va shaffof yo‘l.

1

Ariza yuboring

Stajyor vakansiyasi yoki amaliyot dasturini tanlab, asosiy ma’lumotlar va hujjatlarni yuboring.

2

Saralashdan o‘ting

HR mutaxassisi nomzod bilan bog‘lanadi, zarur bo‘lsa qisqa suhbat yoki test o‘tkaziladi.

3

Tasdiqni oling

Ijobiy qarordan so‘ng bank ishtirokni tasdiqlaydi va stajirovkani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.

4

Stajirovkani boshlang

Stajyorga mentor biriktiriladi, vazifalar belgilanadi va tanlangan jamoada ish boshlanadi.

Yangiliklar va tadbirlar

NBU’ning talabalar va bitiruvchilar uchun karyera uchrashuvlari, ta’lim loyihalari, tanlovlari va tadbirlari.

Biz kimlar bilan hamkorlik qilamiz

NBU hamkorlik memorandumlari imzolagan hamkor oliy ta’lim muassasalari.

G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali
Management Development Institute of Singapore in Tashkent
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Westminster International University in Tashkent
O‘zbekiston Milliy universiteti
Webster University in Tashkent
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Inha University in Tashkent
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Moskva davlat universitetining Toshkent filiali
Amity University Tashkent
New Uzbekistan University
British Management University in Tashkent

Ko‘p beriladigan savollar